» » Tesla va Space X Trampning farmoniga qarshi norozilik bildirayotgan kompaniyalar safiga qo‘shildi

Tesla va Space X Trampning farmoniga qarshi norozilik bildirayotgan kompaniyalar safiga qo‘shildi


Ilon Maskning Tesla va Space X kompaniyalari AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya haqidagi farmoniga qarshi chiqayotgan 97 ta texnologik gigantlardan iborat guruhga qo‘shildi, deb yozadi “Gazeta.ru” The Verge’ga tayanib.

Nashr qayd etishicha, Tesla kompaniyasi vakili “aksiya haqida xabar topgach, darhol unga qo‘shilganliklari”ni ma’lum qilgan.

Mask “prezidentning yaqinda qabul qilingan qator musulmon mamlakatlari fuqarolarining AQShga kirishini cheklovchi farmoniga qarshi norozilik bildirish” uchun qolgan texnik kompaniyalar safiga qo‘shilishini aytdi.

Avvalroq yetakchi IT-kompaniyalar Trampning farmoniga e’tiroz bildirish uchun sudga yuridik dalillarni taqdim etgan edi.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют