» » Shavkat Mirziyoyev Andijondagi o‘rmonchilik, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, yong‘oqchilik loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi o‘rmonchilik, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, yong‘oqchilik loyihalari bilan tanishdi


Andijon viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududda 2018—2019-yillarda agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident 2017-yili O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Hozirgi kunda mazkur filial tashkil etilgan, ilmiy xodimlar tomonidan viloyatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: O‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur

“2016-yilda o‘rmon yerlarida bor-yo‘g‘i 8 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, joriy va kelgusi yilda bu ko‘lam 830 gektarga yetkaziladi. Adir va tog‘oldi hududlarida ko‘plab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shavkat Mirziyoyev o‘rmon xo‘jaligida innovatsion g‘oyalarni qo‘llash, ekinlar turi va hosilini ko‘paytirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuzish zarurligini ta’kidladi.

Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Joriy yilda 11 tumanda yangi hovuzlar barpo etish, aholi tomorqalari hamda sholi maydonida Xitoy va Vetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.

Shu yerda parrandachilik, chorvachilik, yong‘oqchilikni kengaytirish, meva-sabzavotlarni eksport qilishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют