» » Kosonsoydagi kuchli yomg‘irdan so‘ng 543 ta hovli suv ostida qoldi

Kosonsoydagi kuchli yomg‘irdan so‘ng 543 ta hovli suv ostida qoldi


Namangan viloyatining Kosonsoy tumani “Rovot”, “Guzar”, “Bog‘” “Soybo‘yi”, “Xonqo‘rg‘on”, “Yangishahar”, “Yangiyo‘l”, “Qozoqovul” va “Buloqboshi” mahallalari hududida 18-may kuni soat 17:30 da kuchli jalali yomg‘ir yog‘ishi natijasida 543 ta hovli qisman suv ostida qolgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar berishlaricha, mahallar hududidagi irrigatsiya tizimlari ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlarini sig‘dira olmaganligi sababli aholi xonadonlariga suv kirgan.

“Ijtimioiy soha obektlariga suv kirmagan. Aholini ko‘chirish ishlari talab etilmadi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ham ma’lumot kelib tushmagan.

Vazirlikdan ma’lum qilishliricha, sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Kosonsoy tumani hokimligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, tuman kommunal xizmatlari va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют