» » Shavkat Mirziyoyev: Meni alday olmaysiz. Xalqni ham bundan keyin aldab bo‘lmaydi

Shavkat Mirziyoyev: Meni alday olmaysiz. Xalqni ham bundan keyin aldab bo‘lmaydi


Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida 19-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Kun.uz”ning o‘z muxbiriga asoslanib xabar berishicha, yig‘ilish davomida Prezident ishsizlik va o‘zini qiynayotgan tashvish haqida gapirib o‘tgan.

Bizni xalq sinayapti, juda qattiq sinayapti. Qachongacha yetib borar ekan, qaysi marra, qachon bular eski tos, eski hammom bo‘lishiga o‘tadi, degan xalqimizda hali qo‘rquv borligi — haqiqat.

Meni hech kim alday olmaydi, ming maqtaganingiz, balandparvoz gap aytganingiz bilan men ishonmayman. Men pastda yurgan odamman. Shuning uchun birinchi qadam qo‘yayotganimiz — odamlarni ishontirish, adolatli mehnat qilish. Bu juda katta, yuksak ishonch. Bunga munosib bo‘la olamizmi — bu mening eng katta tashvishim.

Mana shunday ulug‘ ayyom kunlarda xalqimiz ozgina bizdan rozi bo‘ladi. Xalqimizni qiynayotgan narsa — ish joyi yo‘q, ertangi kuniga ishonchi yo‘q. Men ma’ruza qilishga kelganim yo‘q. Men sizlarning yuzingizga qarab, haqiqiy ahvolni bilish uchun keldim. Mana shuni unutmaylik. Bir narsani bilib olaylik — xalqni bundan keyin aldab bo‘lmaydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Kun.uz”ning o‘z muxbiriga asoslanib qo‘shimcha qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi davomida xorijda ishlayotgan mehnat muhojirlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

Ular bekorga chetda yurgani yo‘q. Ularga ish joyini tashkil qilib berolmaganimiz uchun chetlarda yuribdi. Hamma balo ham shundan keladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Andijonda bu yil 25 mingta ishchi o‘rni yaratish rejasi kam. Chunki ishsizlar soni bundan ko‘p

Avvalroq Prezident matbuot xizmati Andijon viloyatida 2018-yilda 25 mingta emas, balki 50 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltirilgani holda, aholining yaxshi yashashga bo‘lgan intilishi kuchayib borayotgani bildirilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Muhimi — fuqarolarimizda yaxshi yashash uchun intilishning kuchayib borayotgani



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют