» » O‘zbekiston Eronga yutqazgan kunda Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi

O‘zbekiston Eronga yutqazgan kunda Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko‘ra Doxaga jo‘nab ketgan edi.

O‘FA xabariga ko‘ra, tashkilot 1-vitse-prezidenti Dohada JCh-2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishib, JChga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishgan. Shuningdek, Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashgan. Uchrashuv davomida Infantino O‘zbekistonda futbolni rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan, islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi, deyiladi xabarda.

Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqish vazifasi qo‘yilgani, bu vazifani amalga oshirish uchun tayyorgalik hozirdan boshlangani haqida Infantinoga ma’lum qilgan.

Janni Infantino amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlarni yuqori baholab, ushbu sa’y-harakatlar albatta ijobiy samara berishini, O‘zbekiston JCh-2022 ga yo‘llanma olishiga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi, deyiladi O‘FA xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют