» » “Bavariya” Germaniya kubogi finalida “Ayntraxt F”ga yutqazib qo‘ydi

“Bavariya” Germaniya kubogi finalida “Ayntraxt F”ga yutqazib qo‘ydi


19-may sanasida Germaniyada mamlakat kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Berlindagi “Olimpiyashtadion”da “Bavariya” va “Ayntraxt” jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida “Ayntraxt”ni hisobni ochdi. Gol muallifi Rebich. 2-bo‘lim 53-daqiqasida Robert Levandovski hisobni tenglashtirdi. 82-daqiqaga kelib yana o‘sha Rebich gol urib dublga erishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Gachinovich “Ayntraxt”ning 3-golini urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa “Ayntraxt F” 2017/18-yilgi mavsum Germaniya kubogi sohibiga aylandi.

Mazkur final o‘yini “Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes uchun “Bavariya”dagi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi. E’tiborlisi, yozda uning o‘rnini “Ayntraxt” bosh murabbiyi Niko Kovach egallaydi.

Germaniya kubogi

Final o‘yini

19 may, shanba

Gollar: 0:1 – 11 Rebich, 1:1 – 53 Levandovski, 1:2 – 82 Rebich, 1:3 – 90+6 Gachinovich.

“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Martines, Alkantara (Tolisso, 64), Kimmix, Xames, Riberi (Vagner, 87), Myuller (Koman, 70), Levandovski.

“Ayntraxt F”: Gradeski, Abraam, Villems, da Koshta, Salsedo, Maskarel, de Guzman (Russ, 74), Volf (Gachinovich, 60), Boateng, Rebich (Aller, 89), Xasebe.

Ogohlantirishlar: Salsedo (7), Levandovski (37), Xasebe (45), Villems (45), Rebich (82), Koman (86).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют