» » Qozog‘iston poytaxtida Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga 52 tup daraxt o‘tqazildi

Qozog‘iston poytaxtida Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga 52 tup daraxt o‘tqazildi


Ostonada O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va “Oltin O‘rda” biznes-klubi vakillari Aqto‘bedagi avtobus yong‘inida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga 52 tup daraxt ko‘chati o‘tqazdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

“Fojia ro‘y bergan kuni Qozog‘iston hukumati va xalqi yordam berdi. Mamlakatdagi mutasaddi organlar barcha zarur choralarni ko‘rdi. Bugungi tadbir ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikning oliyjanob ko‘rinishidir. Biz buni halok bo‘lganlarning oilalariga yetkazishimiz kerak”, — dedi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev.

Biznes-klub raisi Marhamat Balgabay qozog‘istonliklar fojia kunlari o‘zbek xalqi dardiga sherik bo‘lganini bildirdi.

“52 kishi halok bo‘lgan avariyani unutishimiz mumkin emas, o‘zbek xalqi musibatiga malham bo‘lish zarur deb hisoblaymiz. O‘zbekiston mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi strategik hamkori hisoblanadi. Bu yil ikki davlat o‘rtasidagi sherikchilik aloqalari yanada mustahkamlanadi, degan umiddamiz”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют