» » BAAda nasroniy hind Ramazonga atab musulmonlarga masjid qurib berdi

BAAda nasroniy hind Ramazonga atab musulmonlarga masjid qurib berdi


Birlashgan Arab Amirliklarida asli hindistonlik bo‘lgan badavlat tadbirkor o‘zi xristian dinining pravoslav mazhabiga e’tiqod qilishiga qaramay, musulmon ishchilarga Ramazon munosabati bilan masjid qurib berdi, deb yozadi “Islam-today.ru”.

Masjidga o‘z vaqtida yetib olish uchun boshqa transport bo‘lmagani sababli, taksiga so‘nggi pullarini sarflayotgan ishchilarni ko‘rganidan keyin, biznesmen ular uchun masjid qurib berishga qaror qilgan.

Hindistonlik masjid qurishga o‘z mablag‘idan 354 ming dollar sarflagan, unga pul va qurilish materiallarini taklif qilgan BAA fuqarolaridan yordam olmagan. Masjid o‘z ichiga 250 kishini sig‘dira oladi, yopiq hovliga esa yana 700 kishi sig‘ishi mumkin.

49 yoshli hindistonlik bir paytlar BAAga bir tiyinsiz kelgan, ammo ishlab, 18 million dollar orttirgan. Avvalroq o‘z vatanida pravoslav cherkovini ham qurib bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют