» » Angliya kubogini “Chelsi”ga boy bergan Joze Mourinyo ikkinchi marta ikki finalda yutqazdi

Angliya kubogini “Chelsi”ga boy bergan Joze Mourinyo ikkinchi marta ikki finalda yutqazdi


Kecha, 19-may sanasida Joze Mourinyo boshchiligidagi “Manchester Yunayted” 2017/18-yilgi mavsum Angliya kubogi finalida “Chelsi”ga mag‘lub bo‘ldi. “Uembli”da bo‘lib o‘tgan bahsda “aristokratlar”ga g‘alaba keltirgan golga 22-daqiqada Eden Azar mualliflik qildi.

Mazkur mag‘lubiyat “mankunianlar” bosh murabbiyi Joze Mourinyo uchun o‘z faoliyatida ilk marta Angliyadagi kubok o‘yinlarida finalda yutqazishidir. U bunga qadar Angliya kuboklari finallarida 5 bora finalga chiqib, ularning barchasida g‘alabaga erishgandi.

Joze “Manchester Yunayted” bilan o‘tgan mavsumda Liga kubogida g‘alaba qozongandi, avvalroq “Chelsi” bilan Liga kubogida 3 marta zafar quchgan, bir marta Angliya kubogida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgandi.

Shuningdek, kechagi mag‘lubiyat Mourinyo uchun qatorasiga ikkinchi finalni boy berishi bo‘ldi. “Qizil iblislar” bunga qadar “Real”ga Yevropa Superkubogi uchun bahsda yutqazgandi.

Avvalroq 2003/04-yilgi mavsumda “Portu” bosh murabbiy bo‘lgan Joze Mourinyo Yevropa Superkubogida “Milan”ga yutqazganidan so‘ng Portugaliya kubogi finalida “Benfika”dan ham mag‘lub bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют