» » Makiyaj haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Makiyaj haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar


Vizajist blogerlar muntazam ravishda kiprik yopishtirish, ko‘zlarni ketmaydigan bo‘yoqda bo‘yash yoki qoshlarni bo‘yash to‘g‘risida maslahatlar berib boradi. Lekin bunday eksperiment natijalarini ketkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam. Biz siz uchun makiyajning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ko‘p beriladigan savollarga javoblarni to‘pladik.

Cho‘tka va sponjlar qanday tozalanadi?

Do‘kondan maxsus tozalovchi suyuqlik sotib olishingiz mumkin yoki yuzingiz uchun ishlatiladigan gidrofil yog‘i yordamida tozalaysiz.

Yopishtiriladigan kipriklardan qayta foydalanish mumkinmi?

Darslarda bu kipriklarni qayta ishlatish mumkinligi to‘g‘risida ko‘p takrorlashadi, lekin qanday ishlatish haqida aytishmaydi. Kipriklarni ehtiyotlik bilan yechib oling va qotgan yelim izlaridan yaxshilab tozalang. Agar bu kipriklar bo‘yalgan bo‘lsa, ularni tekis joyga qo‘yib mitsellyarli suvga botirilgan paxta yordamida ehtiyotlik bilan artib tashlang va qutisiga solib qo‘ying.

Qosh bo‘yoqlardan qanday tozalanadi?

Bu muammoni sirka kislotasi yoki limon sharbati yordamida hal etish mumkin. Xuddi shu usul bilan yuzdagi qoramtir rangli soch bo‘yoqlari qoldirgan izni ham ketkazish mumkin.

Yoqimsiz atir hididan qanday qutulish mumkin?

Sovun va suv, spirt, hidsiz ho‘l salfetkalar yordamida atir hidini biroz bo‘lsa-da kamaytirish mumkin. Lekin butunlay qutulish uchun albatta dush yordam beradi.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 09:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют