» » Qoraqalpog‘istonda korrupsiya bilan bog‘liq ishlar soni bir yilda salkam 40 foizga kamaydi

Qoraqalpog‘istonda korrupsiya bilan bog‘liq ishlar soni bir yilda salkam 40 foizga kamaydi


O‘tgan yili Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiya bilan bog‘liq qo‘zg‘atilgan va sudga oshirilgan jinoiy ishlar soni avvalgi yildagiga nisbatan 39,5 foiz kamaygan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan Nukus shahrida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy idoralararo komissiyasi rahbarining o‘z faoliyati yuzasidan axborotini eshitish hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning ijro etilishini o‘rganish natijalarini muhokama etishga bag‘ishlangan sayyor majlisda ma’lum qilindi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Majlisda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatda korrupsiya bilan murosasiz kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Sayyor majlisda korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini yanada oshirishga xalaqit berayotgan shu kabi qator kamchiliklarni bartaraf qilish choralari belgilab olindi.

Majlis yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют