» » Xitoyda 16 yil avval muzlatib qo‘yilgan embriondan bola dunyoga keldi

Xitoyda 16 yil avval muzlatib qo‘yilgan embriondan bola dunyoga keldi


2017-yil fevrali boshida Xitoyda 16 yil avval ekstrakorporal urug‘lantirish yordamida paydo qilingan va muzlatib qo‘yilgan embriondan  o‘g‘il bola dunyoga keldi, deb yozadi National Geographic.

G‘aroyib bolaning onasi tabiiy yo‘l bilan homilador bo‘la olmaydigan 46 yoshli xitoylik ayol bo‘ldi. O‘zining bepushtligidan u yoshligidayoq xabar topgan edi, ammo bu uning o‘z bolalarini dunyoga keltirish istagini to‘xtatib qola olmadi. 2000-yilda u Guanchjoudagi klinikaga murojaat qildi va EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) yordamida o‘g‘il tug‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

EKU texnologiyasi dunyo bo‘ylab bepushtlik holatlarida keng qo‘llaniladi. Bunda ayol organizmidan tuxumhujayra olinadi va probirkada sun’iy ravishda urug‘lantiriladi. Hosil bo‘lgan embrion inkubator sharoitida 2—5 kun davomida rivojlanadi. Shundan so‘ng embrionni bachadon bo‘shlig‘iga o‘tkazishadi.

Yaqinda Xitoy “bir oila — bir farzand” qoidasini bekor qilgach, ko‘plab odamlar yangilikdan foydalanishga kirishdi. 2000-yilda 18 ta embionni muzlatib qo‘ygan xitoylik ayol ham klinikaga qaytib, mavjud material asosida unda EKU protsedurasini o‘tkazishni so‘radi.

Homiladorlik ham, tug‘ruq ham asoratsiz kechdi va 3,8 kilogrammli sog‘lom bola tug‘ildi. Uning 16 yoshli akasi ham xuddi shunday sog‘lom, u ukasini quvonch bilan kutib oldi.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 10:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют