» » NYT: Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv borasida ikkilanmoqda

NYT: Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv borasida ikkilanmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12-iyunga rejalashtirilgan sammit yuzasidan xavotirda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, Tramp uchrashuv siyosiy sharmandalikka aylanishidan tashvishda, shu sababli u yordamchilaridan bunday xavfga qo‘l urish kerak yoki kerak emasligi haqida so‘ramoqda. Shuningdek, Amerika prezidenti Pxenyanning sammitdan voz kechishga tayyorligi haqidagi bayonotidan hayratga tushgan va g‘azablangan.

Bundan tashqari, Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga qo‘ng‘iroq qilib, KXDRning so‘nggi bayonoti uning avval aytgan gaplariga zidligi sababi bilan qiziqqan.

Ayni vaqtda AQSh prezidenti maslahatchilari Tramp bo‘lg‘usi sammitga o‘ta katta qiziqish bildirganidan xavotirda. Ular prezident Shimoliy Koreyaning yadro dasturi haqida yetarlicha ma’lumotga ega ekanligiga ishonchi komil emas.

Ammo ayni paytgacha Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvdan butunlay voz kechish istagini bildirmagan, deya ta’kidlanadi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют