» » Baliqchida zamonaviy to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi

Baliqchida zamonaviy to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi


O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning mamlakatimiz uchun tamoman yangi, zamonaviy shakllarini yaratish uchun huquqiy asos yaratdi.

Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi Anteks Group aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Digital Prime Textile mas’uliyati cheklangan jamiyatining paxta-to‘qimachilik klasteri ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasidir.

Paxta xomashyosini yetishtirishdan tortib qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qadar jarayonlarni qamrab olgan mazkur loyihaning umumiy qiymati qariyb 300 milliard so‘mni tashkil etadi.

Uch bosqichli loyihaning dastlabki – paxta xomashyosini yetishtirish bosqichi 2017-yilda ishga tushirilib, qariyb 10 ming 489 gektarda 30 ming tonna paxta xomashyosi yig‘ib olingan bo‘lsa, joriy yilda ushbu maydonda 32 ming 700 gektar hosil yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. Ayni paytda Digital Prime Textile MChJ tomonidan navbatdagi ikki bosqich — xomashyoni qayta ishlash va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish ustida ish olib borilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishbank” kredit mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan mazkur korxonalarning ishga tushirilishi natijasida 650 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqarishda Shveysariya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya va Yaponiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi tekstil mahsulotlarining jahon bozoridan munosib o‘rin topishiga xizmat qiladi. Chunonchi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘qimachilik kompleksining yillik eksport hajmi 23 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют