» » AQSh hukumati Boeing kompaniyasiga o‘z samolyotlarida yig‘ma qanotdan foydalanishiga ruxsat berdi

AQSh hukumati Boeing kompaniyasiga o‘z samolyotlarida yig‘ma qanotdan foydalanishiga ruxsat berdi


AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi yig‘ma qanotli Boeing 777x samolyotidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “RBK” xabar qildi.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu turdagi konstruksiya yirik samolyotlarning angar darvozalaridan kira olishiga xizmat qiladi: to‘xtashdan oldin qanotlarining uchi yuqoriga ko‘tariladi. Bunga qadar keng fyuzelyajli A380 Airbus SE shu turdagi muammoga duch kelgandi (qanotlari kengligi 79,86 metr). Bu kabi o‘lchamlar aeroportlardan juda keng maxsus darvoza va angarlarni qurishni talab etardi.

Boeing kompaniyasi o‘zining 777-8 hamda 777-9 modellari qanotlarini alyuminiydan emas, balki uglerod tola kompozitlaridan yaratish niyatida. Ma’lum qilinishicha, bu alyuminiyadan ancha yengil va mustahkam. Shuningdek, mazkur samolyotlar qanotlari uchi tepaga ko‘tarilgan holda havoga ko‘tarila olmaydi va uchuvchilar bunga uringanida dispetcherlar avtomatik ravishda ogohlantiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют