» » Shahzoda Garri to‘y kuni rafiqasiga onasi Diananing uzugini sovg‘a qildi

Shahzoda Garri to‘y kuni rafiqasiga onasi Diananing uzugini sovg‘a qildi


Shahzoda Garri to‘yi kuni rafiqasi Megan Marklga onasi malika Diananing brilliant va yoqut bilan bezatilgan uzugini sovg‘a qildi, deb yozadi Daily Mail.

Vindzor qasridan chiqib, 1968-yilgi Jaguar’ga o‘tirayotgan Megan qo‘lini ko‘targanida reportyorlar malika Diananing uzugini tanigan.

The Duke and Duchess of Sussex depart Windsor Castle for a reception hosted by The Prince of Wales at Frogmore House, in a silver blue Jaguar E-Type Concept Zero. This vehicle was originally manufactured in 1968, and has since been converted to electric power #RoyalWedding pic.twitter.com/hRrxEUlFlJ

— Kensington Palace (@KensingtonRoyal) May 19, 2018

Diana 1997-yilda avtohalokat oqibatida vafot etganidan so‘ng uning o‘g‘illari Uilyam va Garri onasiga tegishli buyumlarni o‘zro bo‘lib olgan edi.

Uilyam onasiga tegishli Cartier Tank Francaise soatini, Garri esa onasining brilliant va yoqut bilan bezatilgan nikoh uzugini tanlagandi.

Garri va Meganning to‘yi 19-may kunduz kuni bo‘lib o‘tdi. Marosimga 2,6 ming nafar mehmon tashrif buyurdi. Ularning orasida xonanda Elton Jon, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri, tennischi Serena Uilyams, aktyor Jorj Kluni, Viktoriya va Devid Bekxem, shuningdek qirollik oilasi a’zolari bor edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют