» » Urganchda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Urganchda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2018-yilning 14—20-may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston—Turkmaniston hukumumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston—Turkmaniston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikda o‘tkazilgan topografik-geodeziya dala ishlarining natijalari ko‘rib chiqildi va ularni 2018-yilga mo‘ljallangan reja jadvali asosida davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют