» » Afsona bilan munosib xayrlashuv. Andres Inyestaning “Barselona”dagi so‘nggi o‘yinidan fotojamlanma

Afsona bilan munosib xayrlashuv. Andres Inyestaning “Barselona”dagi so‘nggi o‘yinidan fotojamlanma


Kecha, 20-may sanasida La Liganing 38-turida Andres Inyesta “Barselona” safidagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. “Real Sosyedad”ga qarshi mavsumning so‘nggi o‘yinida “Barselona” Filippe Koutinyoning goli sabab g‘alabaga erishdi.

Inesta o‘yinning 81-daqiqasida almashtirildi, uning o‘rniga Pako Alkaser maydonga tushdi.“Kamp Nou” futbolchini tik turgan holda olqishlar bilan kuzatdi.

Andres Inyesta “Barselona” tizimiga 12 yoshida kelgan edi. Futbolchi o‘zining 22 yilini Kataloniya klubida o‘tkazdi. U “Barselona”ning asosiy jamoasida barcha musobaqalar doirasida 674 o‘yin o‘tkazib, Xavidan keyingi eng ko‘p o‘yin(767) o‘tkazgan ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi. Andres “Barselona” bilan 9 marta Ispaniya chempionligini, 6 marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va 4 marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют