» » O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi sessiyasida qatnashmoqda

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi sessiyasida qatnashmoqda


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi JSSTning yuqori organi hisoblanadi. Assambleyaning sessiyasi har yili, odatda, Jenevada bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq, joriy yilgi 71-sessiya ham Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

21-may kuni tadbir rasman ochildi. Unda JSSTga a’zo 194 ta davlatning sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rahbarlari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

Har yili Sessiya davomida ishtirokchilar JSST faoliyatini ko‘rib chiqib, o‘z oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘yadi. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining bu yilgi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga doir murakkab masalalar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining salomatlikka salbiy ta’siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-darmon va vaksina ta’minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha global strategiya masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi 26-mayga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют