» » Bosh prokuratura akademiyasiga boshliq tayinlandi

Bosh prokuratura akademiyasiga boshliq tayinlandi


O‘zbekiston bosh prokurorining 18-maydagi buyrug‘iga asosan Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich Bosh prokuratura akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ye. Kolenko 1977-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2013-yilda Bosh prokuraturaning oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999-yilda Chilonzor tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004-yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2008-yilda “Jasorat” medali, 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

2017-yildan shu vaqtgacha Bosh prokuraturaning oliy o‘quv kurslari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, bosh prokuror buyrug‘i bilan Gafurov Rustam Baxtiyarovich Bosh prokuratura akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

R. Gafurov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2005-yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2011-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2017-yilda Bosh prokuraturaning oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Toshkent tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

2018-yildan shu vaqtgacha Bosh prokuratura oliy o‘quv kurslari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют