» » Toshkent viloyatida yana bir fotoradar o‘rnatildi

Toshkent viloyatida yana bir fotoradar o‘rnatildi


Toshkent viloyatida yana bir fotoradar o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro ahamiyatga ega M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 838-839 kilometrlari oralig‘ida YTHlarning oldini olish maqsadida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining so‘rovidan, mahalla faollari va fuqarolarining murojaatlaridan kelib chiqqan holda avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi texnik vositasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi.

21-may kunidan boshlab avtomatik tarzda qoidabuzarliklarni aniqlovchi fotoradar ishlay boshladi.

Ushbu moslamani o‘rnatilishdan maqsad transport vositalarini hamda piyodalarni normal holatda harakatlanishlarini ta’minlash, ko‘ngilsiz hodisalar, og‘ir oqibatli YTHlar salmog‘ini kamaytirishdan iborat.

Bu boradagi ishlar Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют