» » Rossiyadagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi

Rossiyadagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi


Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning murojaatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida, Qahramon Quronboyevning sahifasi  orqali onlayn muloqot o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga ittifoq axborot xizmati ma’lum qildi.

Onlayn muloqot shu yil 28-may kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi.

Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga tegishli tashkilotlar — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Ichki ishlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi vakillari javob beradi.

Onlayn muloqotdan maqsad Rossiyadagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish, mamlakatda yosh kadrlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan ularni yaqindan tanishtirishdan iborat.

Murojaatlar (+998998584430) Telegram raqami orqali qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют