» » Tramp Erdo‘g‘on bilan suhbat davomida Turkiyani strategik hamkor deb atadi

Tramp Erdo‘g‘on bilan suhbat davomida Turkiyani strategik hamkor deb atadi


Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning telefon orqali suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Suhbat davomida davlat rahbarlari ikki mamlakatning yaqin va azaliy munosabatlarini ta’kidlab o‘tdi, shuningdek, har qanday shakldagi terrorizmga qarshi kurashga sodiqligini tasdiqladi.

Bundan tashqari, Tramp yana bir marta Turkiyani strategik hamkor va NATO alyansi bo‘yicha ittifoqchi deb atadi. AQSh prezidenti, shuningdek, Anqaraning IShID guruhiga qarshi kurashdagi hissasini yuqori baholadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют