» » Toshkentda “AKT innovatsiya markazi” erkin iqtisodiy zonasi yaratiladi

Toshkentda “AKT innovatsiya markazi” erkin iqtisodiy zonasi yaratiladi


Toshkentdagi Inha universiteti hududida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari innovatsiya markazi” erkin iqtisodiy zonasini yaratish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga muhokama uchun joylangan Prezident farmoni loyihasiga tayanib.

Hujjatda EIZning 2030-yil 1-yanvarigacha ishlashi ko‘zda tutilgan, so‘ng hudud yanada kengaytirilishi va muddat uzaytirilishi mumkin. AKTga ixtisoslashgan EIZning yaratilishi O‘zbekistonning iqtisodiy sohalariga AKTni faollik bilan joriy qilish uchun qulay muhit yaratishga va ularning raqobatbardoshligini oshirishga, sohadagi korxonalarning eksportini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga, shuningdek, kadrlar, ilmiy-ishlab chiqarish va investitsiya-moliya salohiyatini bir yerga to‘plashga xizmat qilishi kutilmoqda.

EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning ishtirokchilariga nisbatan alohida valyuta va soliq rejimi amal qiladi. EIZ ishtirokchilarini, shuningdek, ularning ishchilarini soliqqa tortishda soddalashtirilgan tartibni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

EIZ ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan kelgan tushumlari doirasida hisob-kitob va to‘lovlarni, shu jumladan, ishchilarga ish haqini naqd yoki naqdsiz shaklda tarqatish va dividendlar to‘lashni O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada amalga oshirish huquqini berish rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют