» » Filippinlik erkak 4 metrli timsohni yengib, o‘g‘lini undan qutqarib oldi

Filippinlik erkak 4 metrli timsohni yengib, o‘g‘lini undan qutqarib oldi


Filippinning Palavan provinsiyasidagi Balabak shahrida bir erkak 4,5 metr uzunlikdagi timsoh panjasidan 15 yoshli o‘g‘lini qutqarib oldi, deb yozadi Manila Bulletin nashri.

O‘smir baliq tutish uchun motorli qayiqni tayyorlayotgan vaqtida unga timsoh hujum qilgan. O‘g‘lining baqiriqlarini eshitib, tashqariga chiqqan onasi uni timsoh suvga tortib ketayotganini ko‘rgan va erini uyg‘otgan. Erkak qo‘liga pichoq olib, yordamga shoshilgan.

Bu paytgacha timsoh o‘spirinni sayozlikka sudrab ketishga ulgurgan. Erkak hayvonga tashlanib, o‘g‘lini ozod qilishga uringan. Bir necha daqiqadan keyin u yirtqichning ko‘ziga pichoq sanchgan, shundan keyin timsoh ularni tinch qo‘ygan.

Timsoh bilan jangda erkak o‘g‘lidan ko‘ra ancha og‘irroq yaralandi. Ularning ikkalasi ham kasalxonaga yetkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют