» » Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘z vaqtida olinmagan hollarda nima qilish kerak? 

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘z vaqtida olinmagan hollarda nima qilish kerak? 


Ba’zi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, e’tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bog‘chaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi, deb yozadi Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Xo‘sh bunday holatda nima qilish kerak?

1-holat bola tug‘ruqxonada tug‘ilgan bo‘lsa

Bunda, ota-ona yashayotgan yoki bola tug‘ilgan joydagi FHDYo organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish lozim:

2-holat bola uyda tug‘ilgan bo‘lsa

Bunda, ota-ona yashayotgan yoki bola tug‘ilgan joydagi FHDYo organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish lozim:

Agar bolaning ushbu onadan tug‘ilganligiga guvoh bo‘lganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tuzilmagan bo‘lsa, bunday hollarda bolaning aynan shu onadan tug‘ilganligi fakti fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kuni beriladi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun 25 830 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют