» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK uchinchi Boeing-787 Dreamliner samolyotining ekspluatasiyasini boshladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK uchinchi Boeing-787 Dreamliner samolyotining ekspluatasiyasini boshladi


Joriy yilning 20-may kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787 Dreamliner’da “Toshkent—Moskva—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvozni amalga oshirdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdan “orzu layneri”da 244 nafar yo‘lovchi parvoz qilib, qaytishda 259 nafar yo‘lovchi uchib kelgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2016-yil sentabr oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotining tijoriy ekspluatasiyasini boshlagan. Bugungi kunda ushbu rusumdagi ikkita laynerda Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur va Nyu-Yorkka qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kunlarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining uchinchi Dreamliner’i ham uzoq masofalarga transatlantik qatnovlarni bajarishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют