» » Farzandining dorilariga pul topa olmagan qashqadaryolik oila yashab turgan uyini sotishga majbur bo‘ldi

Farzandining dorilariga pul topa olmagan qashqadaryolik oila yashab turgan uyini sotishga majbur bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi Feruza Haydarovaning 2006-yil 14-yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘li Shahzod Choriyev jiddiy dard bilan olishmoqda. Unga o‘tkir promiyelositar leykoz tashxisi qo‘yilgan.

“2017-yil 26-avgustdan to 2018-yil 9-yanvarga qadar Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutidagi shifoxonaning bolalar bo‘limida davolandi. Ahvoli og‘ir holda, tanasida ko‘karishlar, holsiz, oyog‘ida esa kuchli og‘riq bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Birinchi kimyoterapiya kursining o‘zidayoq bir necha marta qon quyishdi, bir necha bor plazma quyildi, 6 marotaba tromba quyildi. Kimyo terapiyasini hafta davomida ketma-ket tarzda olgan. Hozirgi paytgacha 4 ta kursni tugatib, qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovi muolajasi davolanish davrini o‘tayapmiz. Oldinda yana 2 yillik davolanish davri turibdi.

Endilikda esa har 3 oyda Moskvaga PML-PAR analizi yuborish shart bo‘lyapti.

Hozirgi paytda Qarshi shahrida joriy davo muolajalarini, kurslarni davom ettirmoqdamiz. Birinchi kursiga 50 million so‘m atrofida mablag‘ sarfladik. Keyingi uchta kursiga esa dorilari qimmatligi sabab yashab turgan uyimizni sotishga to‘gri keldi. Endilikda biz tumanimizdagi uylardan birida ijarada yashayapmiz. Shifokorlar menga boshqa farzand ko‘rishni taqiqlashgan. Chunki bundan 11 yil avval o‘ng buyragimni operatsiya qildirganman va hozirda buyragimga ikki tomonlama surunkali gidronefroz deb tashxis qo‘yilgan.

Dorilar qimmatligi sababli hamma dori-darmonlarga, navbatdagi davolanish muolajalariga, kurslarini davom ettirishga qurbim yetmayapti. Yana bir meni qiynayotgani, har uch oyda Moskvaga yuboriladigan tashxis. Uni yuborishga imkoniyatimiz yetmay qoldi”, — deydi Shahzodning onasi.

Barcha saxovatpesha insonlardan Shaxzodbekni sog‘ayib ketishi uchun imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme) Feruza Haydarova

Agrobank: 8600-0423-6423-9185

Onasi Feruza Haydarovaning telefon raqami:

+99890 441 35 59



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют