» » Buxoroda zamonaviy chorvachilik majmuasi tashkil etildi

Buxoroda zamonaviy chorvachilik majmuasi tashkil etildi


Buxoroning Qorako‘l tumanida zamonaviy chorvachilik majmuasi ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Davyergeodezkadastr qo‘mitasi ma’lum qildi.

BMT Taraqqiyot Dasturi, Global ekologik jamg‘arma va Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlarida sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” loyihasi mablag‘lari hisobidan Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Qorako‘l” naslchilik MChJ “Uchqir” massivida bitta cho‘pon oilasi uchun zamonaviy 3 xonali uy, 750 bosh qorako‘l qo‘ylarini saqlash uchun qo‘ton, suv va elektr energiya ta’minoti, hojatxona, jun qirqish joyi, dag‘al xashaklarni saqlash uchun ochiq omborxona, suv minorasi va qo‘ylarni davolash uchun zooveterinariya punkti kabi infratuzilma shoxobchalarini o‘z ichiga olgan ixcham chorvachilik majmuasi bunyod etildi.

17-may kuni majmuaning rasmiy ochilishida BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi A.H. Abdullayev, Qorako‘l tumani xokimi X.M. G‘oyirov, Buxoro viloyati va Qorako‘l tumani xokimliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Loyiha tomonidan majmua atrofida joylashgan 7,5 ming gektar yaylovdan samarali va barqaror foydalanish maqsadida “Yaylovdan rejali foydalanish tizimi” ishlab chiqiladi va hamkorlikda joriy qilinishiga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Xelena Freyzer xonim viloyatning mas’ul rahbarlari bilan birgalikda Qorako‘l tumanining fermer va dehqon xo‘jaliklarida loyiha doirasida amalga oshirilgan boshqa tadbirlari bilan yaqindan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют