» » O‘zbekistonda jahon adabiyoti namunalari rejali ravishda chop etib boriladi

O‘zbekistonda jahon adabiyoti namunalari rejali ravishda chop etib boriladi


Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr yetish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2018-yildan boshlab har yili kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr yetish rejalashtirilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ularning adadi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Nashr yetilgan adabiyotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatiladi.

Tarjima qilinishi va nashr yetilishi rejalashtirilayotgan asarlar ushbu asarlar mualliflari yoki muallif huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning roziligini olgan holda tarjima qilinadi va nashr etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют