» » Qashqadaryoda Yoshlar ittifoqi o‘g‘rilik sodir etgan jinoyatchini kafillikka oldi

Qashqadaryoda Yoshlar ittifoqi o‘g‘rilik sodir etgan jinoyatchini kafillikka oldi


Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 2-qismi, “b” bandi bilan ayblangan Sunnat Shomurodovning jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan sudda jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Endigina 23 yoshga to‘lgan S. Shomurodov Qarshi tumanida tug‘ilgan. U bir guruh tengdoshlari aldoviga uchib, qoramol o‘g‘irlash maqsadida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tumani sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida S. Shomurodovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Oliy sud va Yoshlar ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan sud jarayonida ishtirok etgan jamoat himoyachisi tomonidan sudlanuvchi S. Shomurodovga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqaroni kafillikka olish taklifi bildirildi va bu haqda kafolat xati taqdim qilindi.

Sud aybdorning qilmishini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют