» » Bo‘stonliqda COSCOM’ga tegishli akkumulyatorlar o‘g‘irlab ketildi

Bo‘stonliqda COSCOM’ga tegishli akkumulyatorlar o‘g‘irlab ketildi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joriy yil 9-yanvaridan 24-fevraligacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar COSCOM MChJga tegishli Soyliq qishlog‘ida joylashgan antenna minorasi hududiga temir to‘rni oshib o‘tish yo‘li bilan kirgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ular bu yerdan umumiy qiymati 6 million so‘mlik TS stansiyasining 4 dona akkumulyator batareyasini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchi R.T. va Salar ShFYda yashovchi Sh.T. sodir etganliklari aniqlandi.

Ular qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют