» » Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Samarqand bilan tanishdi

Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Samarqand bilan tanishdi


O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya 22-may kuni Samarqandga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sergey Shoygu dastlab Birinchi Prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Rossiya mudofaa vaziriga Birinchi Prezident mangu orom topgan Hazrati Xizr majmuasining bunyod etilishi va bu yerda qisqa fursatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng mehmon Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi.

Rossiya mudofaa vaziri mamlakatda ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga asl holicha yetkazish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют