» » Samarqandda mast haydovchi uni dispanserga olib borishga uringan YHXB inspektorlarini jarohatladi

Samarqandda mast haydovchi uni dispanserga olib borishga uringan YHXB inspektorlarini jarohatladi


2018 yil 12-may kuni soat 22:00 atrofida Samarqand tumanida yashovchi S. mast holda o‘zining “Moskvich” mashinasini Samarqand shahrida boshqarib ketayotganida, viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan to‘xtatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Inspektorlar F. va A. uni viloyat narkologiya dispanserida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘lganda haydovchi ularga faol qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan S. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют