» » Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video)

Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video)


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda.

Yig‘ilishda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. “Bitta to‘yda bitta san’atkor bo‘lishi kerak” ko‘rinishidagi taklif xalq artistlari tomonidan ham ko‘p ma’qullanmagan.

Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bu taklif 1 million aholi tomonidan ma’qullangani bilan, buni qolgan 30 million kishi ham shu fikrda deb aytish qiyin, deya fikr bildirgan.

To‘ylarda bitta san’atkor bo‘lishi kerak degan taklifni bir million kishi ma’qullab chiqqan bo‘lsa ham, buni 30 million odamning fikri deb bo‘lmaydi.

Hozir haqiqatan ham qonun chiqadigan bo‘lsa-yu, bitta to‘yda faqat bitta san’atkor xizmat qiladi, degan talab qo‘yiladigan bo‘lsa, san’atkor nomini ko‘tarib yurganlarning bari ishsiz qolib ketadi.

Nasiba Abdullayeva, O‘zbekiston xalq artisti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют