» » “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Shanxay SIPG” klublarining Osiyo Chempionlar ligasidagi bo‘lajak raqiblari

“Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Shanxay SIPG” klublarining Osiyo Chempionlar ligasidagi bo‘lajak raqiblari


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining pley-offini muvaffaqiyatli bosib o‘tgach, musobaqaning guruh bosqichida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan klublar soni 2 taga yetdi. “Lokomotiv” O‘zbekiston chempioni sifatida saralash bosqichlarisiz turnirga qo‘shilgandi.

2016-yilgi mavsum chorak finalga qadar yetib borgan “temiryo‘lchilar” “A” guruhida kurash olib boradi. Mazkur zonada Amirliklarning “Al-Ahli”, Saudiyaning “At-Tavon”, Eronning “Istiqlol” klublari bor.

“A” guruhi
1-tur. 20-fevral
“At-Tavon” (Saudiya) — “Lokomotiv”

2-tur. 27-fevral
“Lokomotiv” — “Al-Ahli” (BAA)

3-tur. 13-mart
“Istiqlol” (Eron) — “Lokomotiv”

4-tur. 11-aprel
“Lokomotiv” — “Istiqlol” (Eron)

5-tur. 25-aprel
“Lokomotiv” — “At-Tavon” (Saudiya)

6-tur. 9-may
“Al-Ahli” (BAA) — “Lokomotiv”

Guruh bosqichida qatorasiga o‘ninchi bor ishtirok etayotgan “Bunyodkor” kurashni “С” guruhida davom ettiradi. Bu yerda, shuningdek, Saudiyaning “Al-Ahli”, Eronning “Zob Ahon”, Amirliklarning “Al-Ayn” klublari bor. Qayd etish kerak, “Al-Ayn” Chempionlar ligasining amaldagi finalchisi hisoblanadi.

“С” guruhi
1-tur. 21-fevral
“Al Ahli” (Saudiya) — “Bunyodkor”

2-tur. 28-fevral
“Bunyodkor” — “Al-Ayn” (BAA)

3-tur. 13-mart
“Bunyodkor” — “Zob Ahon” (Eron)

4-tur. 11-aprel
“Zob Ahon” (Eron) — “Bunyodkor”

5-tur. 24-aprel
“Bunyodkor” — “Al-Ahli” (Saudiya)

6-tur. 8-may
“Al-Ayn” (BAA) — “Bunyodkor”

“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov salkam 7 yil deganda Osiyo Chempionlar ligasiga qaytib keldi. U so‘nggi bor 2010-yilning 11-may kuni “Paxtakor” safida Qatarning “Al-Garafa” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushgan, keyin esa Rossiyaga yo‘l olgandi.

“Shanxay SIPG” klubi pley-off o‘yinida Tailand klubiga imkoniyat qoldirmadi va guruh bosqichiga yetib keldi. Bu yerda Xitoy klubiga Yaponiyaning “Urava Red”, Janubiy Koreyaning “Seul” va Avstraliyaning “Vestern Sidney” klublari raqiblik qiladi.

“F” guruhi
1-tur. 21-fevral
“Seul” (Janubiy Koreya) — “Shanxay SIPG”

2-tur. 28-fevral
“Shanxay SIPG” — “Vestern Sidney” (Avstraliya)

3-tur. 15-mart
“Shanxay SIPG” — “Urava Red” (Yaponiya)

4-tur. 11-aprel
“Urava Red” (Yaponiya) — “Shanxay SIPG”

5-tur. 26-aprel
“Shanxay SIPG” — “Seul” (Janubiy Koreya)

6-tur. 10-may
“Vestern Sidney” (Avstraliya) — “Shanxay SIPG”.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют