» » Shoir Bobur Bobomurod: Bir to‘y uchun bitta san’atkor, menimcha, juda kam

Shoir Bobur Bobomurod: Bir to‘y uchun bitta san’atkor, menimcha, juda kam


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda.

Yig‘ilishda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. “Bitta to‘yda bitta san’atkor bo‘lishi kerak” mazmunidagi taklif ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar tomonidan ham ko‘p ma’qullanmagan.

Xususan, shoir Bobur Bobomurodning fikricha, bir to‘y uchun bitta san’atkor — “juda kam”.

Bir to‘y uchun bitta san’atkorni juda kam deb o‘ylayman. Mayli, yo‘nalish bo‘yicha chaqirishsin. Kimdir, albatta, ustoz san’atkorni xohlaydi, maqom xohlaydi. Kimdir esa estradani xohlaydi.

Bobur Bobomurod, shoir

Ma’lumot uchun, Bobur Bobomurod Farhod va Shirin taxallusi ostida estrada yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi musiqiy guruh prodyuseri hisoblanadi.

Mavzuga doir: Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют