» » Ozodbek Nazarbekov: Yoshligimizda to‘ylar tajriba maktabi edi. Hozirgi to‘ylar esa eng bachkana qo‘shiqlarni talab qilyapti (video)

Ozodbek Nazarbekov: Yoshligimizda to‘ylar tajriba maktabi edi. Hozirgi to‘ylar esa eng bachkana qo‘shiqlarni talab qilyapti (video)


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda.

Yig‘ilishda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. “Bitta to‘yda bitta san’atkor bo‘lishi kerak” mazmunidagi taklif ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar tomonidan ham ko‘p ma’qullanmagan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov to‘ylar cheklanadigan bo‘lsa, san’atkorlarning mualliflik huquqidan foydalangan holda daromad topishi uchun sharoit yaratib berish adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.

Jahonda bunday — to‘y orqali tirikchilik qilish amaliyoti yo‘q. San’atkorning tirikchilik manbai faqat to‘y emas. Aslida, mualliflik huquqidan foydalanib daromad topadi. Shunda adolat ham bo‘ladi.

Agar san’atkorlar mualliflik huquqi ortidan kun kechiradigan bo‘lsa, birinchidan, san’atning sifati yaxshilanadi, hamma o‘zining ustida ishlaydi, raqobat paydo bo‘ladi.

Yoshligimizdagi to‘ylar, qaysidir ma’noda, tajriba maktabi ham bo‘lardi. Chunki san’atning muxlisi shunga loyiq muxlis edi, qo‘shiqchiga katta talab qo‘yardi. Qo‘shiqchining sifatini oshirishga xizmat qilardi.

Bugungi to‘ylar esa sifatni tushirishga xizmat qilyapti. Eng bachkana qo‘shiqlarni talab qilyapti.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari

Yig‘ilishda qatnashgan senatorlar mualliflik huquqini yanada takomillashtirish borasidagi huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqish fursati yetganligini e’tirof etgan.

Mavzuga doir: Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют