» » OAV: Xitoyda Galaxy Note 7 uchun akkumulyator ishlab chiqaradigan Samsung zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

OAV: Xitoyda Galaxy Note 7 uchun akkumulyator ishlab chiqaradigan Samsung zavodida yong‘in sodir bo‘ldi


Xitoyning Tyanszin shahrida joylashgan Samsung kompaniyasining akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi Samsung SDI zavodida 8-fevral, chorshanba kuni yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Sina axborot portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur zavod taqdiri ayanchli yakun topgan Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari uchun akkumulyatorlar yetkazib bergan.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy Note 7 ishlab chiqarishni to‘xtatish tufayli 19 milliard dollar yo‘qotishi mumkin

Utsin hududidagi maxsus iqtisodiy zonada joylashgan zavodda yong‘in ish vaqti boshlanishi bilan kelib chiqdi. Olovni bartaraf qilish uchun 100 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 19 ta texnika vositasi ishlatildi.

Mavzuga doir: Galaxy Note 7 batareyalarining yonib ketish sababi aniqlandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Ayni vaqtda mutaxassislar yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.

Mavzuga doir: Samsung portlash xavfi bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonlarining 96 foizini qaytarib oldi

Zavod litiy-ion akkumulyatorlari, elektr quvvatining kimyoviy manbalari hamda boshqa qurilma va materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Samsung SDI zavodi Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining qaryib 65 foizi uchun qariyb akkumulyatorlar ishlab chiqargan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют