» » O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish taklif etilgan petitsiya 9500 ovoz to‘pladi

O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish taklif etilgan petitsiya 9500 ovoz to‘pladi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan avtomobilning orqa oynalarini qoraytirishga ruxsat berish taklif etilgan petitsiya 9400 dan ortiq ovoz to‘pladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Petitsiya muallifi Artur Tajiyev buni O‘zbekiston iqlimi issiq ekanligi, pardalar ham taqiqlangani sababli orqa o‘rindagi bolalar jazirama va oftob urishidan aziyat chekishi mumkinligi bilan izohlagandi. Shuningdek, davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish uchun avtomobil oldi oynasini pulli asosda 70 foiz qoraytirishga ruxsat berish, bunday mashinalarni ichki ishlar organlarida ro‘yxatga qo‘yishni taklif etgandi.

Ushbu taklifga qarshilarning ham, yoqlaganlarning ham izohlarini ko‘rish mumkin.

“Yurtimiz serquyosh o‘lka bo‘lganligi uchun bizga kerak. Xavfli degan fikrlardan juda uzoqdaman, sababi rivojlangan davlatlarga nazar solsak, deyarli barcha davlatlarda ruxsat bor va tekin”, deb yozadi Muhammadyusuf Samiyev.

“Oynalarni qoraytirishga umuman ruxsat berish kerak emas. Bu ortiqcha tashvish va muammolarni keltirib chiqaradi. Iqlim issiq bo‘lgani bilan oyna qoraytirilishi avtomashina salonini sovutmaydi. Uni konditsioner sovutadi. Konditsioner deyarli hammada bor”, deydi O‘tkir Aslonov.

Petitsiya 10 mingta ovoz to‘plasa, Oliy Majlis muhokamasiga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют