» » Yozuvchi Filipp Rot 85 yoshida vafot etdi

Yozuvchi Filipp Rot 85 yoshida vafot etdi


Amerikalik yozuvchi Filipp Rot 22-may, seshanba kuni AQShda 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Umrining oxirgi yillarida Rot Nyu-York va Konnektikut shtatlarida yashagan. Yozuvchining o‘limi haqidagi xabar uning do‘sti Judit Turman tomonidan tasdiqlangan.

Rot 20 dan ortiq roman yaratgan. Jumladan, “Tikuvchi voqeasi”, “Amerikaga qarshi fitna”, “Oddiy odam” asarlari chet tillariga tarjima qilingan.

Yozuvchi Xalqaro buker mukofoti (The Booker International Prize) va adabiyot sohasidagi Frans Kafka mukofoti bilan taqdirlangan. Amerika haqidagi asari uchun Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Rot 1933-yili Nyu-Jersi shtatidagi Nyuarkda Galitsiyadan AQShga ko‘chib kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют