» » Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarilishi rejalashtirilayotganligi munosabati bilan eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik, 500 so‘mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgan edi.

Markaziy bank axborot xizmatining xabar berishicha, eski namunadagi tangalar va banknotlarni banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish:

- 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalar hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab;

- eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni 2019-yil 1-iyuldan boshlab bank kassalari orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarish sanasi, ularning ko‘rinishi va tavsifi Markaziy bankning veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют