» » Ramazon kunlarida qanday qilib ishlash qobiliyati va ruhiy tetiklikni saqlab qolish mumkin?

Ramazon kunlarida qanday qilib ishlash qobiliyati va ruhiy tetiklikni saqlab qolish mumkin?


“Islom.uz” Ramazon kunlarida ishlash qobiliyati va ruhiy tetiklikni saqlash uchun tavsiyalarini taqdim etdi.

1. Avvalambor — ishingizni rejalashtiring

Birinchi navbatda ertalab saharlik va kechqurun iftorlikka nimalarni iste’mol qilishingizni rejalashtiring. Taom quvvatga bevosita ta’sir qiladi. Oqsil, protein, meva va sabzavotlarni mutanosib ravishda iste’mol qilish kerak. Lekin organizmni haddan tashqari oqsillarga to‘ydirib yuborish zararlidir. Organizmda oqsil moddasi miqdori oshib ketsa, uni hazm qilish uchun ko‘p harakat talab qilinadi, natijada siz lohas bo‘lib, charchoqni his qilasiz va uyqungiz kelaveradi. Shubhasiz, bu sizning ish faoliyatingizga ta’sir qiladi. Agar siz vaqt o‘tsa bo‘ldi, ish samaradorligi muhim emas, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qattiq adashasiz. Negaki Ramazon ish faoliyatda ham qo‘shimcha ajr olishimiz uchun mas’uliyat yuklaydi.

Ikkinchi muhim omil — Ramazon oyiga bo‘lgan munosabatimiz. Agar siz Ramazon og‘ir, mashaqqatli mehnat oyi bo‘ladi, degan xayolda bo‘lsangiz, niyatingizga yarasha o‘ylaganingizdek bo‘ladi. Agar siz uchun ro‘za yengil, yoqimli bo‘lishini kutsangiz, siz aynan shunday natijani topasiz.

Niyatni yaxshi qiling! Alloh ro‘zadorlikni siz uchun oson qilishi haqida fikr qiling, va albatta u bandalariga Mehribon. Hammasi iymonga bog‘liq. Sevimli Rasulimiz (s.a.v): “Alloh haqida yaxshi gumonda bo‘lish, ibodatning eng yaxshi turlaridan biri”, — deb aytgan (Imom Termiziy rivoyatlari).

2. Ta’tilni oldindan rejalashtiring

Ramazon oyiga ma’lum bir vaqt qolganda ta’til olish mumkin. Bu to‘la-to‘kis Ramazon uchun o‘zini bag‘ishlash bo‘ladi va kishi ish bilan diniy majburiyat orasida sarson bo‘lmaydi. Agar siz o‘qisangiz va bu vaqtda sizga ta’til berilmasa, oxirgi o‘n kunlikni shunday rejalashtiringki, o‘qishdan bo‘sh vaqtingizni eng ko‘pi ibodat bo‘lsin. O‘qishdan qaytgan vaqtingizdan iftor va taroveh namozigacha bo‘lgan vaqtning har bir soatiga rejalaringiz jadvalini tuzing.

3. Imkon darajasida Qur’onga ko‘p vaqt ajrating

Esimda, Ramazon oyida Qur’on xatm qilishni maqsad qilgan edim. Ishga ketishda, bo‘sh paytlarda o‘qir edim. Hayratlanarlisi shuki, kuniga bemalol, qiyinchiliksiz uch poradan o‘qiganman. Shundan so‘ng, aniq maqsad va shunga muvofiq harakat bilan ajoyib natijalarga erishish mumkin, degan xulosaga keldim.

4. Tushlik vaqtidan unumli foydalaning!

Tushlik vaqtlarida nima bilan band bo‘lishingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Bir nechta variantlar bor: toza havoda sayr qilish, ko‘p vaqtni ibodatga sarflash, Qur’on o‘qish yoki tinglash.

Vaqtni o‘tkazish uchun bir-biringizga Qur’on o‘qib yoki yodlagan oyatlaringizni tilovat qilib beradigan sherik topa olsangiz ajoyib ish bo‘ladi.

5. Qiyinchiliklarga sabr qiling

Ishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ham o‘ylab qo‘ying. Ehtimoli bor muammolarning yechimiga bizning bir nechta tavsiyalarimiz:

Yo‘llardagi tirbandlik:

Qur’on yoki ma’ruza tinglang. Diqqat bilan tinglang, shunda manzilga yetib kelganingizni sezmay qolasiz. Shu bilan birga, Allohni zikr qilish uchun ajoyib vaqt. Alloh aytadi: “Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?” (Ra’d surasi, 28-oyat).

To‘siqlar:

Ishda biz bilan sodir bo‘ladigan ko‘p voqealardan ibrat olishimiz mumkin. Shunday vaqtlardan biri – tushlik vaqtidir. Bu paytda sizga taom yeyish mumkin emas. Beriladigan savob haqida o‘ylang va siz yengil tortasiz. Shuni esdan chiqarmang, ro‘za faqat siz bilan Allohga taalluqli ibodat va faqatgina U zot siz haqiqiy ro‘za tutyapsizmi yo‘qmi —biluvchidir. Shubhasiz, “hech kim bilmaydi” deb sizni biror nima iste’mol qilishga undovchi kishilar ham topiladi. Javob berishdan avval sabringizni ko‘rsating, bu siz uchun da’vatga imkon bo‘lishi mumkin. Agar “yaxshilik istovchingiz” juda qaysar bo‘lsa, rahbaringizga murojaat qilib, nima qilish kerakligini so‘rang. Aksariyat rahbarlar xodimlarining ro‘za tutishlariga ijobiy yondashadi.

Haddan tashqari bandlik namoz va Qur’on o‘qishga vaqt qoldirmasa:

Dam olish va Qur’on o‘qish uchun 5-10 daqiqalik tanaffuslar oling. Bu nafaqat sizning zich kun tartibingizga ibodatning qo‘shilishiga, balki ish samaradorligining ham oshishiga sabab bo‘ladi, chunki bu orada miya dam oladi. Namozga keladigan bo‘lsak, o‘z ishingizni namoz atrofida tashkillashtirishga odatlaning. Nima bilan band bo‘lishingizdan qat’iy nazar, namoz uchun vaqt ajrating. Bu sizning ish kuningizni barakali bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

O‘zingizga sabr uchun mukofot borligini eslatib turing. Ramazon – bu sifatni sayqallash uchun eng munosib vaqt.

6. Ishdan qaytganingizda nima qilishni qaror qilib qo‘ying

Bir oz muddat mizg‘ib olasizmi yoki bekorchilik bilan band bo‘lasizmi – eng asosiysi bu ishlarni rejali qilish kerak. Siz ishdan uyga kelganingizda, sizni farzandlaringiz va boshqa vazifalar kutib turgan bo‘lsa, uyga qaytayotganingizda mizg‘ib olishni tavsiya qilamiz (albatta siz haydovchi bo‘lmasangiz). Uyida yumushlari ko‘p kishilarga yana bitta tavsiyamiz: yozda bomdod vaqti erta kiradi, undan keyin o‘zingizni Qur’on tilovati va zikrga bag‘ishlashingiz mumkin. Taroveh namozidan keyin tezda uxlashga harakat qiling, chunki saharlikkacha va tahajjud namozi uchun dam olib ulgirasiz. Bu nahorgi vaqtlar eng barakali hisoblanadi, undan imkon qadar foydalanib uy ishlarini bitirib olish kerak va hokazo. Mana, rejalashtirish birinchi darajali vazifani qayerda bajaradi. Hamma ishni bir vaqtda bajarib bo‘lmaydi, mutanosiblikni amalga qo‘yish kerak. Lekin Ramazonda toqat ko‘tara oladigan, ibodat uchun kerakli vazifalarni qilish kerak. Eng muhimi – ish faoliyatini va ruhiy taskinlikni saqlab, shu ishlarga hamma diqqat-e’tiborini yo‘naltirish. Sizga ma’lum, ba’zi vaqtlarda nimalardandir jahlingiz chiqishi mumkin, shuning uchun doim sabr qilish, tavozeli bo‘lish kerakligini o‘ylang va har kuni shu niyatingizni yangilab boring.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют