» » Grozniydagi cherkovga hujum chog‘ida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ziyoratchi ibodatxona hududiga dafn etildi

Grozniydagi cherkovga hujum chog‘ida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ziyoratchi ibodatxona hududiga dafn etildi


Jangarilarning Grozniydagi cherkovga hujumi chog‘ida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ziyoratchi Artemiy ibodatxona hududiga dafn etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Dafn marosimini cherkov bosh ruhoniysi Sergiy o‘tkazdi, unda ibodatxona qavmiga mansub o‘nlab kishi ishtirok etdi. Checheniston muftiysi Saloh Mejiyev ham hamdardlik bildirish uchun keldi.

“Bu jinoyatni Chechenistonda tinchlik hukm surayotgani yoqmagan Allohning dushmanlari amalga oshirgan. Ularning na dinga, na islomga aloqasi bor. Hatto g‘azavot davrlarida ham payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom chollar, ayollar, bolalarni o‘ldirmaslik, ibodatxonalar va ruhoniylarga tegmaslikni buyurgandilar”, — ta’kidladi Checheniston muftiysi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют