» » O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 20 nafar pedagogiga Toshkent shahridan uy-joy berildi

O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 20 nafar pedagogiga Toshkent shahridan uy-joy berildi


Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 20 nafar pedagogiga Toshkent shahri Sergeli tumanidan uy-joy berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

– O‘n to‘rt yildan buyon talabalarga dars berib kelaman, – deydi universitetning magistratura bo‘limi boshlig‘i Eldor Shermanov. – Ammo uzoq yillar davomida to‘rt farzandim bilan ijarada yashadik. Qiyinchiliklar bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan biz — pedagoglarga keng imkoniyat berildi. Uy-joyli bo‘ldik. Bundan buyon ham o‘z ishimda yuksak natijalarga erishishga harakat qilaman.

Universitetda 12 ta kafedrada 150 ga yaqin fan doktori va PhD darajasiga ega mutaxassislar faoliyat yuritadi. 1 200 dan ziyod talaba tahsil oladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 23-dekabrda universitetga tashrifi chog‘ida pedagoglarni uy-joy bilan ta’minlash haqida ko‘rsatma bergan edi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2016-yil 13-may kuni tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют