» » Respublika bo‘ylab 470 mingdan ortiq o‘quvchi maktabni tamomladi

Respublika bo‘ylab 470 mingdan ortiq o‘quvchi maktabni tamomladi


2018-yili 9 628 ta umumta’lim maktabining 475 276 nafar 9-sinf bitiruvchisi 11 yillik ta’lim tizimining 10-sinfiga va akademik litseylarning birinchi bosqichiga jalb qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2017—2018-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan tadbirlar 25-may, juma kuni barcha maktablarda ertalab soat 08:30 da boshlanadi va soat 10:00 da yakunlanadi.

Tadbirlarda kelgusi o‘quv yilidan boshlang‘ich sinflarda haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimiga to‘liq o‘tilishi to‘g‘risida ota-onalarga ma’lumot beriladi. O‘quv yili davomida respublika va xalqaro fan olimpiadalari, musiqa tanlovlari va sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, bilimlar bellashuvi, innovatsion olimpiada va “Umid nihollari”da faol qatnashgan, a’lo baholarga o‘qigan,  bosqichli nazorat imtihonlaridan ozod bo‘lganlar faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanadi.

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют