» » “O’zbek-turk test markazi” faoliyati natijalari jurnalistlar e’tiboriga havola etildi

“O’zbek-turk test markazi” faoliyati natijalari jurnalistlar e’tiboriga havola etildi


“O‘zstandart” agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda “Daryo” vakili qatnashdi.

Unda jurnalistlar uchun “Respublikamizda mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni xalqaro darajada tan olinishida milliy organlarning o‘rni” mavzusi yuzasidan to‘liq ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati rahbari A. Rasulov hamda “O’zbek-turk test markazi” qo‘shma korxonasi direktori M. Xamzayev va bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab OAV xodimlariga qo‘shma korxona faoliyatidagi ustivor yo‘nalishlar va mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlari xususida ko‘rgazmali ma’lumotlarning taqdimoti tashkil etildi.

Tadbirda ma’lumot berilishicha, respublikada ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining sifatini xalqaro standartlar talablari asosida sinash va sinov natijalarining xalqaro tan olinishiga erishish maqsadida “To‘qimachilik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” Turkiyaning akkreditatlash tashkiloti (TURKAK) tomonidan ISO 17025 “Sinov va kalibrlash kompetentligiga qo‘yilgan umumiy talablar” xalqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilindi.

Matbuot anjumani nihoyasida jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют