» » Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli qiz 5 nafar bolani yong‘indan olib chiqdi

Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli qiz 5 nafar bolani yong‘indan olib chiqdi


Rossiyaning Belgorod viloyatida yashovchi 10 yoshli Yuliya Chernova alanga olgan uydan uch ukasi va ikki singlisini olib chiqdi. Bu haqda FVVning viloyat boshqarmasi saytida ma’lum qilindi. 

Hodisa 2-fevral kuni Proxorovskiy tumanining Teterevino qishlog‘ida ro‘y berdi. Pervuxinlar oilasi uyi pech bilan isitiladi, ona qiziga kichkintoylarga qarashni tayinlab, o‘tin olgani ketadi. Qiz oshxonaning yarmi alanga ichida qolganida yong‘in boshlanganini payqadi. 

U olovni o‘chirishga harakat qildi, biroq alanga o‘ta kuchli edi va uydan chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Yuliya xona derazasini sindirib, uning tagiga adyol, kurtkalarni to‘shadi. Shundan so‘ng bolalarni birin-ketin uydan olib chiqa boshladi. 

Ukalari va singillarini tashqariga chiqarib bo‘lgach, qiz tutundan hushini yo‘qotdi. U qo‘shnilarning uyida o‘ziga keldi va u yerdan tez tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga olib ketildi. Hozirda maktab o‘quvchisining hayoti va salomatligiga xavf yo‘qligi bildirilmoqda. 

FVVga ko‘ra, yong‘in oqibatida Pervuxinlarning uyi butkul yonib ketdi. Alangalanishga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют