» » O‘zbekistonda intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirishga bag‘ishlangan seminar-trening davom etmoqda

O‘zbekistonda intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirishga bag‘ishlangan seminar-trening davom etmoqda


O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar-trening o‘z ishini davom ettirmoqda. O‘zA muxbiri ishtirokchilarning anjuman haqida fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

Iskandar Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi qoshidagi IP-Center o‘quv markazi eksperti:

– Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal etish dolzarb masalalardan. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlari qoniqarli, deb bo‘lmaydi.

Tashkil etilgan anjuman mutaxassislar uchun aynan shu masalalar yechimini izlash, zarur bilim va tajriba almashishga keng imkon bo‘ldi. Ayniqsa, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish va transfer texnologiyalari bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish biz uchun juda foydalidir.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini milliy baholash, mavjud normativ-huquqiy baza, baholash metodologiyasi, ixtirolar, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari kabi turlarini baholash bilan bir qatorda bu jarayonning dunyo texnologiyasi, nazariyasi, idenfikatsiya va shartnomalar tuzish bo‘yicha anjumanda olgan ma’lumotlar ishtirokchilarga taqqoslash va amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют