» » Xiaomi Mi 8 va Redmi 6 ning “jonli” suratlari va videosi paydo bo‘ldi (foto va video)

Xiaomi Mi 8 va Redmi 6 ning “jonli” suratlari va videosi paydo bo‘ldi (foto va video)


Avvalroq Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 31-may kuni taqimot o‘tkazib, o‘z yubileyiga bag‘ishlangan Mi 8 flagmanini namoyish etishini e’lon qilgan edi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi MIUI 10 ni hamda Mi Max 3 va Mi Band 3 kabi boshqa bir nechta mahsulotlarini ham taqdim etishi mumkin. Yaqinda internetda Mi 8 ning hamda Xiaomi Mi 7 yoki Redmi 6 deb taxmin etilayotgan yana bir gadjetning fotosuratlari paydo bo‘ldi.

Xiaomi Mi 8 displeyiga avval tarqalgan tasvirlardagi kabi “qosh” tushirilgan. Shuningdek, orqa paneli shaffof shishadan yasalgan bo‘lib, uning ichki tuzilishini aks ettirib turadi. U orqali hatto, taniqli Qualcomm logotipiga ega Snapdragon chipsetini ham ko‘rish mumkin.

Shuningdek, internetda Xiaomi Redmi 6 deb taxmin etilayotgan qurilma tasvirlari ham tarqaldi. Suratda qurilma prototipi aks etgan. Uning keng “iyagi” va orqa paneli Redmi 5 ni eslatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют